AQAMLI TO‘LOV TIZIMLARI ORQALI KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH: M-PESA MODELI VA UNI O‘ZBEKISTONDA QO’LLASH IMKONIYATLARI
##article.subject##:
moliyaviy inklyuziya, M-Pesa, raqamli to'lov tizimlari##article.abstract##
Ushbu maqolada raqamli to'lov tizimlarining kambag'allikni qisqartirish va
moliyaviy inklyuziyani ta'minlashdagi roli Keniya M-Pesa modeli misolida o'rganilgan.
Tadqiqotning maqsadi M-Pesa tajribasini tahlil qilish hamda uni O'zbekiston sharoitida qo'llash
imkoniyatlarini baholashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, statistik tahlil va hujjatlar tahlili
metodlari qo'llanilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, M-Pesa Keniyada moliyaviy xizmatlarga
kirishni sezilarli darajada oshirdi – moliyaviy inklyuziya darajasi 2007-yildagi 26,7 foizdan 2023-
yilga kelib 83,7 foizgacha ko'tarildi. Tadqiqotlar natijasida 194 000 xonadon (keniyalik
xonadonlarning 2 foizi) qashshoqlikdan chiqarilganligi aniqlandi. O'zbekistonda ham mobil aloqa
tarmoqlarining keng qamrovi va raqamli infratuzilmaning rivojlanishi M-Pesa tipidagi
xizmatlarni joriy etish uchun qulay sharoit yaratadi. Biroq, regulyativ muhit, aholi o'rtasida
moliyaviy savodxonlik darajasi va naqd pulga bo'lgan yuqori ishonch kabi omillar inobatga
olinishi lozim. Maqolada O'zbekistonda raqamli to'lov tizimlarini rivojlantirish bo'yicha amaliy
tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Загрузки
##submissions.published##
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2026 "Iqtisodiyot va turizm" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnal

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.