MEHMONXONALARNI EKOLOGIK SERTIFIKATLASHTIRISHBARQAROR TURIZM RIVOJLANISHINING MUHIM OMILI SIFATIDA
##article.subject##:
xalqaro turizm bozori, eko-mehmonxonalar, globallashuv##article.abstract##
Zamonaviy davrda turizm sohasining jadal rivojlanishi xorijiy iqtisodiyotning deyarli
barcha yo‘nalishlariga, ayniqsa mehmonxona hizmatlari global bozoriga sezilarli ta’sir
ko‘rsatmoqda. Bu jarayon birinchi navbatda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarning joriy
etilishi, hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yangi yondashuvlarning paydo
bo‘lishi bilan belgilanmoqda. So‘nggi yillarda turizmda kuzatilayotgan muhim yo‘nalishlardan
biri – ekologik tamoyillarga asoslangan mehmonxona xizmatlarini rivojlantirish, ya’ni ekomehmonxonalar konsepsiyasidir. Eko-mehmonxona – bu nafaqat mehmonlarga sifatli xizmat
ko‘rsatishga, balki atrof-muhitga minimal zarar yetkazish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish,
energiyani tejash, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash tamoyillariga asoslangan faoliyat
yurituvchi muassasadir. AQSh, Germaniya, Shvetsiya, Yaponiya, Singapur kabi rivojlangan
mamlakatlarda eko-mehmonxonalar keng miqyosda rivojlanib, ularning faoliyati hukumatlar
tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Eko-mehmonxonalar nafaqat ekologik xavfsizlikni
ta’minlash, balki mehmonlar uchun yanada sog‘lom va xavfsiz yashash muhitini yaratishga xizmat
qilmoqda. Demak, eko-mehmonxonalar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va ekologik foydani ham
o‘zida mujassam etgan kompleks yondashuv ekanligi amaliyotda o‘z isbotini topmoqda.
Загрузки
##submissions.published##
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2025 "Iqtisodiyot va turizm" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnal

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.